Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 7 (2026) · с. 709-713
MILLIY IQTISODIYOT SOHALARINI KREDITLASH ISTIQBOLLARI
Shodiyev, Odiljon
Аннотация
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirishda bank kreditlariningroli va ahamiyati tadqiq etilgan. Kredit moliyaviy resurslarni qayta taqsimlashning muhim vositasi sifatidabaholanib, uning ishlab chiqarish, investitsiya faoliyati va iste’mol talabini moliyalashtirishdagi o‘rni yoritilgan.Tijorat banklari tomonidan 2025-yil 1-iyundan 2026-yil 1-iyungacha iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ajratilgankreditlarga oid statistik ma’lumotlar asosida kredit portfelining dinamikasi va tarkibiy tuzilishi tahlil qilingan.Tahlil natijalariga ko‘ra, kreditlarning umumiy hajmi 12 % ga oshgani hamda kredit resurslarining tarmoqlaro‘rtasida sezilarli darajada qayta taqsimlangani aniqlangan. Xususan, sanoatning kredit portfelidagi ulushipasaygan, qurilish, savdo va jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar hajmi esa yuqori sur’atlarda o‘sgan.Kreditlash tarkibidagi o‘zgarishlar iqtisodiy siyosat ustuvorliklarining o‘zgarishi hamda iqtisodiyotning iste’molgayo‘naltirilish tendensiyalarini aks ettirishi asoslangan. Real sektorning barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadidakredit resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida muvozanatli taqsimlash zarurligi yuzasidan xulosalar ishlabchiqilgan.
kreditlash, tijorat banklari, milliy iqtisodiyot tarmoqlari, kredit portfeli, investitsiyalar, kredit tarkibi, iqtisodiy o‘sish, moliyaviy resurslar.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.