Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-нөмір (2026) · 731-735-беттер
TIJORAT BANK KREDITLARI ASOSIDA MINTAQAVIY IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Shodiyev, Odiljon
Аңдатпа
Tadqiqotda tijorat banklari kreditlarining O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining makroiqtisodiyrivojlanishi va tarkibiy o‘zgarishlariga ta’siri ilmiy-amaliy jihatdan baholangan. Tadqiqotning dolzarbligi kredit kapitalinioqilona taqsimlash orqali mintaqaviy iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish zarurati bilan belgilanadi. 2026-yil yanvar–iyun oylaridaqarz oluvchilar turi va maqsadli segmentlar bo‘yicha kredit qoldiqlari dinamikasi tahlil qilingan. Empirik ma’lumotlar asosidachakana va korporativ kreditlashdagi tarkibiy o‘zgarishlar aniqlanib, ipoteka kreditlari, mikrokreditlar, lizing va faktoring kabimoliyaviy vositalarning o‘sish sur’atlari baholangan. Statistik va iqtisodiy-matematik usullar yordamida uzoq muddatli bankinvestitsiyalari hajmi bilan mahalliy biznes faolligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslangan. Tahlil natijalari korporativsektorning mintaqaviy takror ishlab chiqarish jarayonidagi muhim rolini, shuningdek, kichik biznes va o‘zini o‘zi bandqilgan shaxslar uchun mikromoliyalashtirishning moslashuvchan shakllari jadal rivojlanayotganini ko‘rsatgan. Mintaqaviyiqtisodiy tizimlarning uzoq muddatli va muvozanatli rivojlanishini ta’minlash maqsadida sindikatlashtirilgan kreditlashnitakomillashtirish, kredit portfellarini diversifikatsiya qilish hamda moliya institutlarining kredit risklarini optimallashtirishbo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
mintaqaviy rivojlanish, tijorat banklari, kredit qoldiqlari, ipoteka kreditlari, mikrokreditlar, lizing, faktoring, iqtisodiy o‘sish, investitsiya faoliyati, sindikatlashtirilgan kreditlar.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.