Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 (2026) · pp. 676-678
MOLIYAVIY BARQARORLIK VA FUNKSIONAL SAMARADORLIK UZILISHI
Kurambayev, Alisher
Abstract
Tezisda temir yo‘l yo‘lovchi tashish korxonalarida moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari va tashkiliy-iqtisodiymexanizmning haqiqiy funksional samaradorligi o‘rtasidagi nazariy uzilish muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi— «moliyaviy jihatdan barqaror, biroq funksional jihatdan past samarali» holatning tasodifiy emas, tartibga solinadigantarmoqlarga xos tizimli iqtisodiy hodisa ekanligini nazariy jihatdan asoslashdan iborat. «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning2020–2025-yillardagi ma’lumotlari asosida uch integral ko‘rsatkich (mulkiy holat, moliyaviy barqarorlik, ishbilarmonlik faolligi)geometrik o‘rtacha usulida hisoblandi va ularning dinamikasi qiyoslandi. Natijada mulkiy holat va moliyaviy barqarorlikko‘rsatkichlari izchil o‘sgani, ishbilarmonlik faolligi esa butun davr davomida past darajada qolgani aniqlandi. Bu esa resursbazasining kengayishi avtomatik ravishda iqtisodiy natijaga aylanmasligini tasdiqlaydi
iqtisodiy samaradorlik, temir yo‘l transporti, moliyaviy barqarorlik, ishbilarmonlik faolligi, integral ko‘rsatkich, resurslarning iqtisodiy natijaga aylanishi
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.