Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 7 (2026) · pp. 714-718
ORGANIK QISHLOQ XO‘JALIGI VA MAHSULOTLARGA OID MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISH VA RAQAMLASHTIRISH
Shavqidinova, Dilnavoz, Mamasadikov, Abror
Abstract
Maqolada organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, yangilash vasubyektlar o‘rtasida tezkor almashishning raqamli mexanizmlari tadqiq etilgan. Organik mahsulot zanjirida ishlab chiqaruvchi,sertifikatlashtirish organi, laboratoriya, qayta ishlovchi korxona, logistika kompaniyasi, eksportchi, davlat organi va iste’molchio‘rtasida ma’lumotlarning tarqoq holda shakllanishi axborot asimmetriyasini kuchaytiradi. Shu sababli yagona ma’lumotlarbazasi va o‘zaro integratsiyalashgan raqamli axborot muhitini shakllantirish muhim hisoblanadi. Tadqiqotda tizimli tahlil,funksional modellashtirish, qiymat zanjiri tahlili, raqamli texnologiyalarni qiyosiy baholash va ekspertlik yondashuvlaridanfoydalanildi. Natijada organik mahsulotlar ma’lumotlar bazasining taklif etilayotgan arxitekturasi, subyektlararo ma’lumotalmashish mexanizmi va uni baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi. Maqolada QR-kod, geoaxborot tizimlari, API, bulutlitexnologiyalar, elektron sertifikat, blokcheyn va mobil ilovalarning o‘rni asoslab berilgan
organik qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, ma’lumotlar bazasi, elektron sertifikat, raqamli kuzatuvchanlik, QR-kod, blokcheyn, API, agroaxborot tizimi, organik mahsulotlar, qiymat zanjiri
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.