Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 9-нөмір (2026) · 174-182-беттер
O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA KREDIT PORTFELI VA KREDIT RISKLARI HOLATINI BAHOLASH (DAVLAT BANKLARI MISOLIDA)
Eshboyev, Shahobiddin
Аңдатпа
Maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida kredit portfelining shakllanishi va kredit risklariholatini kompleks baholash masalalari uchta yirik davlat banki — “O‘zmilliybank” AJ, “O‘zsanoatqurilishbank”ATB va “Asakabank” AJ misolida tadqiq etilgan. Markaziy bankning (cbu.uz) 2021–2025-yillardagi statistikma’lumotlari asosida banklarning kredit portfeli tarkibi, muammoli kreditlar ulushi, zaxiralar bilan qoplanishdarajasi, portfel konsentratsiyasi va valyuta tarkibi tahlil qilingan. 12 ta kuzatuvni qamrab olgan panel regressiyamodeli yordamida muammoli kreditlar ulushiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan (R² = 0,941; F = 71,77): oldingiyildagi kredit o‘sishi va yirik qarz oluvchilar konsentratsiyasi statistik jihatdan ahamiyatli ekanligi isbotlangan.Muallif tomonidan integral kredit riski indeksi (IKRI) taklif etilgan; uning qiymati 2023-yilda barcha uch bankdaeng yuqori nuqtaga yetgan va 2025-yilga kelib pasaygan. Tadqiqot natijalari asosida davlat banklarida kreditrisklarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan
kredit portfeli, kredit riski, muammoli kreditlar, davlat banklari, riskni baholash, portfel konsentratsiyasi, zaxiralar, kapital yetarliligi, panel regressiya, integral indeks.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.