Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 9-san (2026) · 50-60-betler
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHNING MAKROIQTISODIY SAMARADORLIGI: MANZILLI SAMARADORLIK INDEKSI (MSI) ASOSIDA BANDLIK DASTURLARINI BAHOLASH (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)
Eshmurodov, Adhamjon
Annotaciya
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning makroiqtisodiy samaradorligi bandlikdasturlari misolida IMRAD tuzilmasi asosida tahlil qilingan. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida norasmiybandlik va yordamning manzilliligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Tadqiqotning asosiy natijasisifatida to‘rt komponentli Manzilli Samaradorlik Indeksi (MSI) modeli ishlab chiqilgan va ijtimoiy soliq imtiyozimexanizmi misolida sinovdan o‘tkazilgan. Qamrov bosqichiga qarab MSI qiymati 51,4 balldan 63,4 ballgachao‘zgarishi aniqlangan. 1 million kishini qamrab olish sharoitida yillik sof byudjet samarasi 2 181,6 milliard so‘mnitashkil etishi hisoblangan. Tadqiqot natijalari asosida davlat organlari faoliyatida foydalanish mumkin bo‘lganamaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Jahon banki,Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi va Xalqaro Mehnat Tashkilotining rasmiy ma’lumotlariga asoslangan
kambag‘allik, bandlik dasturlari, makroiqtisodiy samaradorlik, Manzilli Samaradorlik Indeksi, manzilli yordam, ijtimoiy soliq imtiyozi, norasmiy bandlik, byudjet samaradorligi, Gini koeffitsiyenti, O‘zbekiston iqtisodiyoti.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.