Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 9-son (2026) · 73-76-betlar
GLOBALLASHUV DAVRIDA JAHON IQTISODIYOTIDAGI O‘ZGARISHLARNING YANGI O‘ZBEKISTONGA TA’SIRI
Jurayev, Jahongir
Annotatsiya
So‘nggi o‘n yillikda jahon iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar yuz bermoqda: xalqaro savdoqoidalari transformatsiyalanmoqda, global ta’minot zanjirlari qayta shakllanmoqda, raqamli texnologiyalar esa an’anaviyishlab chiqarish va xizmatlar bozorining rivojlanish yo‘nalishlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Globallashuvninggeoiqtisodiy parchalanish, texnologik raqobat va migratsiya oqimlarining kuchayishi bilan tavsiflanadigan yangi bosqichidaO‘zbekiston iqtisodiyotining mazkur jarayonlarga moslashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot 2017–2026-yillardagi makroiqtisodiyko‘rsatkichlar, tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar, mehnat migratsiyasi hamda Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonigaoid ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan. Tadqiqot natijalari mamlakatda tashqi iqtisodiy ochiqlikning kengayishibarqaror iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatganini, biroq globallashuv indeksi bo‘yicha O‘zbekiston ayrim qo‘shnidavlatlardan ortda qolayotganini ko‘rsatadi. Tahlil natijalari asosida tashqi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, milliyiqtisodiyotning raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda globallashuv bilan bog‘liq iqtisodiy xatarlarga bardoshliliginioshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan
globallashuv, jahon iqtisodiyoti, Yangi O‘zbekiston, tashqi savdo, Jahon savdo tashkiloti, xorijiy investitsiyalar, mehnat migratsiyasi, iqtisodiy integratsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.