Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 9 (2026) · pp. 77-81
YASHIL INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT VA XUSUSIY SEKTOR HAMKORLIGI
Nasulloeva, Oydinoy
Abstract
Yashil innovatsiyalarni rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmlarining o‘rni vaahamiyati tahlil qilingan. Iqlim o‘zgarishi, resurslar taqchilligi va urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi sharoitidayashil infratuzilmani faqat davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish yetarli emasligi asoslangan hamda xususiy sektorinvestitsiyalari va texnologik salohiyatini jalb etishga yo‘naltirilgan sheriklik modellari muhim vosita sifatida baholangan.Qayta tiklanuvchi energetika, shahar transporti, suv va chiqindilarni boshqarish, “yashil” qurilish hamda shaharlarniko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlaridagi xalqaro tajriba qiyosiy tahlil qilinib, yashil loyihalarni amalga oshirishning iqtisodiy,ekologik va institutsional omillari hamda mavjud to‘siqlari tizimlashtirilgan. O‘zbekiston misolida “Nur Navoi” quyoshelektr stansiyasi va Zarafshon shamol elektr stansiyasi loyihalari, davlat-xususiy sheriklikning qonunchilik bazasi hamdayashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari o‘rganilgan. Xitoy tajribasiga oid empirik tadqiqotlarnatijalari asosida yashil DXSH loyihalarining shahar hududlarida uglerod chiqindilarini kamaytirishga ta’siri yoritilgan.Tadqiqot natijalari yashil innovatsiyalarni jadallashtirishda institutsional, moliyaviy va boshqaruv instrumentlarini o‘zarouyg‘unlashtiruvchi kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.
yashil innovatsiyalar, davlat-xususiy sheriklik, yashil iqtisodiyot, yashil infratuzilma, ESG tamoyillari, qayta tiklanuvchi energetika, barqaror rivojlanish, investitsiya mexanizmlari
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.