Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 7 (2026) · pp. 733-741
MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI TAJRIBASI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA TAKAFUL SUG‘URTASINI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Usmanov, Nematjon
Abstract
Maqolada Markaziy Osiyoning besh davlati — Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,Turkmaniston va O‘zbekiston — qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahlil qilinib, O‘zbekistonda takaful sug‘urtasinitartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari asoslab berilgan. Tadqiqotda muallif tomonidan Takafulnitartibga solish tayyorligi indeksi (TTSI) metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u olti mezon bo‘yicha besh darajali(0–4) ekspert shkalasiga asoslanadi. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, 2026-yil holatiga Qirg‘iziston 79,2 ball bilanmintaqada yetakchilik qilmoqda, Qozog‘iston 41,7 ball, O‘zbekiston esa atigi 12,5 ball to‘plagan. O‘zbekistonda2026-yil 27-martdagi O‘RQ-1126-son Qonun orqali islom bank faoliyatining huquqiy maydoni muvaffaqiyatliyaratilishi barobarida, ushbu tajribani sug‘urta sohasiga ham tatbiq etish hamda «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»giO‘RQ-730-son Qonunga takaful tushunchasini kiritish zarurati mavjud. Maqolada IFSB-27, IFSB-28 va IFSB-31standartlariga tayangan holda bo‘shliqlar tahlili amalga oshirilgan hamda uch bosqichli tartibga solish yo‘lxaritasi taklif etilgan; uni izchil amalga oshirish TTSI ko‘rsatkichini 87,5 ballga yetkazish imkonini beradi.
takaful, islom sug‘urtasi, tartibga solish, qiyosiy huquqshunoslik, Markaziy Osiyo, islom moliyasi boshqaruvi, IFSB-27, islomiy «oyna», to‘lov qobiliyati, O‘zbekiston.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.