Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 9-san (2026) · 308-315-betler
TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV MIJOZLARNI MOLIYALASHTIRISHNING TAHLILI
Abduraxmanov, Farrux
Annotaciya
Maqolada davlat ulushi yuqori bo‘lgan uchta tijorat banki – “Asakabank”, “Mikrokreditbank”va “Turonbank” misolida korporativ mijozlarni moliyalashtirish amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqot 20 tatijorat bankining 2020–2024-yillardagi ko‘rsatkichlaridan tuzilgan panel ma’lumotlar bazasiga asoslanadi.Tahlil natijalari uchala bankda ham korporativ kreditlash hajmining o‘sishi samaradorlikning pasayishibilan kechayotganini ko‘rsatdi: korporativ portfel rentabelligi “Asakabank”da 1,16 foizdan 0,14 foizga,“Turonbank”da 1,96 foizdan 0,22 foizga tushgan, “Mikrokreditbank”da esa 2024-yilda manfiy qiymatgao‘tgan. Shu davrda 20 ta bank bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 2,61 foizni tashkil etgan. Panel regressiya tahlilikorporativ portfel rentabelligiga korporativ kreditlarning yuridik shaxslar depozitlari bilan qoplanishi ijobiy,kredit portfelida korporativ segment ulushining yuqoriligi esa salbiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi; boshqaomillar nazorat qilingan holda davlat banklari uchun rentabellik o‘rtacha 9,5 foiz punktga past bo‘lib chiqdi.
korporativ mijozlar, korporativ kreditlash, davlat banklari, resurs bazasi, depozitlar bilan qoplanish, portfel konsentratsiyasi, muammoli kreditlar, samaradorlik, panel tahlil.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.