Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 9-сан (2026) · 378-384-беттер
KORXONALAR MOLIYAVIY-XO‘JALIK FAOLIYATIGA SOLIQ MEXANIZMI TA’SIRINI SOLIQ XAVFI DARAJASI ASOSIDA BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Babaxonov, Ja’far
Аннотация
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviyxo‘jalik faoliyatiga soliq mexanizmi ta’sirini baholash metodologiyasini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan.Tadqiqotda soliq xavflarini tahlil qilish va toifalash (yuqori, o‘rta va past xavf guruhlari) asosida korxonalarningmoliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati hamda likvidlik darajasiga soliq ma’muriyatchiligining differensial ta’siriekonometrik modellashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF–95-sonFarmoni1 doirasida amaliyotga joriy qilingan o‘rtacha xavf darajasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tafovutlarnibartaraf etish uchun 30 kalendar kuni miqdorida imkoniyat berilishi mexanizmining moliyaviy samaradorligiempirik baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, differensial xavf tahlili va ogohlantiruvchi yondashuv korxonalardajarimalar va penya xarajatlarini 23,4 foizga qisqartirib, aylanma mablag‘larning asossiz to‘xtatilishini 68 foizgachakamaytiradi. Tadqiqot yakunida soliq xavfini skoringli baholash modeli va korxonaning barqaror moliyaviyoqimlarini ta’minlash bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.
soliq mexanizmi, soliq xavfi, toifalash, moliyaviy barqarorlik, likvidlik, aylanma kapital, 30 kunlik imkoniyat, ixtiyoriy intizom, kameral nazorat, ekonometrik model.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.