Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 (2026) · Саҳифаҳои 127-131
IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHUV SIYOSATIDA FARG‘ONA VILOYATINING YEROSTI SUVLARI MONITORINGI
Abdulxayev, Zoxidjon
Аннотатсия
Iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarining ko‘p yillik va mavsumiy o‘zgarishlarini muntazamkuzatish hududiy moslashuv choralarini ilmiy asoslash uchun muhimdir. Tadqiqotda Farg‘ona viloyatidagikuzatuv quduqlarida 2016–2023-yillarda qayd etilgan yerosti suvlari chuqurligi tahlil qilindi. Ma’lumotlar 13 tahudud, 1 969 ta quduq identifikatori, 14 965 ta quduq–yil yozuvi va 175 853 ta oylik qiymatni qamrab oldi. Suvsathining yer yuzasidan o‘rtacha chuqurligi 2016-yildagi 1,943 m dan 2023-yilda 2,081 m gacha oshib, davrdavomida 0,138 m ga chuqurlashgan; chiziqli trend +0,026 m/yilni tashkil etgan. Eng kichik o‘rtacha chuqurlikmart oyida (1,891 m), eng katta chuqurlik esa iyul oyida (2,077 m) kuzatilgan. Rishton va Uchko‘prikdachuqurlashish nisbatan yuqori bo‘lgan, Buvayda hamda Markaziy Farg‘onada esa qarama-qarshi yo‘nalishaniqlangan. Natijalar iqlim omillarining bevosita sababiy ta’sirini isbotlamaydi, biroq suv xavfsizligi va iqlimgamoslashuv tadbirlarini baholash uchun muhim monitoring ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
iqlim o‘zgarishiga moslashuv, yerosti suvlari, suv sathi, monitoring, ko‘p yillik trend, mavsumiy o‘zgarish, Farg‘ona viloyati.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.