«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 5-нөмір (2026)
THOMAS DE WAALNING "QORA BOG'" ASARIDA QORABOG' MUAMMOSINING YORITILISHI
Og'ayeva, Nazanin
Аңдатпа
Tomas de Vaalning "Qora bog': Armaniston va Ozarbayjon tinchlik va urush girdobida" asari Qorabog' mojarosiga oid ingliz tilidagi manbalar orasida alohida o'rin tutadi. Muallif olti oy davomida Janubiy Kavkazda olib borgan kuzatuvlari, mahalliy aholi bilan o'tkazgan suhbatlari va arxiv materiallari asosida Qorabog'ni shunchaki siyosiy "mojaro zonasi" emas, balki tarixiy, ijtimoiy va madaniy xotiralar kesishgan muayyan jug'rofiy va insoniy makon sifatida taqdim etadi. Shusha, Og'dam, Kalbajar, Xo'jali kabi hududlar va 1988-yildan keyingi voqealar sovet davridagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar bilan bog'langan holda tahlil qilinadi. Har ikki tomon vakillarining shaxsiy xotiralari va urush tajribalarining kiritilishi asarni ko'p o'lchamli va hissiy jihatdan ta'sirchan qiladi.
Qorabog' muammosiOzarbayjon va Armaniston chegarasitinchlik jarayoni.the problem of Karabakhthe border between Azerbaijan and Armeniapeace process
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.