«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
MIRZACHO‘L YER QOPLAMI VA SELITEB HUDUDLAR TRANSFORMATSIYASINI BAHOLASHDA LANDSHAFT YONDASHUVINING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Ibragimov, Sunnatulla
Annotaciya
Maqolada Mirzacho‘l yer qoplami va seliteb hududlaridagi o‘zgarishlarni landshaft xillari doirasida o‘rganishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Yer qoplami, yerdan foydalanish, landshaft, aholi manzilgohi, seliteb hudud, urban hudud va qurilgan maydon tushunchalarining mazmuni hamda ularni tadqiqot jarayonida qo‘llash chegaralari aniqlashtirilgan. Landshaft xili hududning nisbatan barqaror tabiiy asosi, turli davrlarga tegishli yer qoplami ma’lumotlari esa uning antropogen ta’sir ostidagi o‘zgarishini ifodalovchi dinamik ko‘rsatkich sifatida qaralgan. So‘loqli, Istiqlol va Yoyilma mahallalarining 2005 va 2025-yillardagi holati qiyosiy tahlil qilinib, seliteb hududlar kengayishining chekka bo‘ylab rivojlanish, asosiy manzilgohdan ajralgan yangi qurilish o‘choqlarining shakllanishi hamda mavjud qurilgan maydonlar orasidagi bo‘sh hududlarning o‘zlashtirilishi kabi shakllari ajratilgan.
Mirzacho‘llandshaft yondashuviyer qoplamiyerdan foydalanishseliteb hududqurilgan maydonurban kengayishlandshaft transformatsiyasimasofadan zondlashhududiy ziddiyat
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.