«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 4 (2026)
IQLIM O‘ZGARISHINING KO‘L-LANDSHAFT TIZIMLARIGA TA’SIRINI BAHOLASH METODIKASI: AYDAR-ARNASOY KO‘LLAR TIZIMI MISOLIDA
G‘o‘dalov, Mirkomil
Abstract
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi tabiiy iqlimiy jarayonlar bilan bir qatorda Sirdaryo oqimining tartibga solinishi, Chordara suv omboridan tashlamalar va kollektor-drenaj suvlari ta’sirida rivojlanadigan murakkab tabiiy-antropogen geotizimdir. Maqolada arid ko‘l-landshaft tizimlariga iqlim o‘zgarishi ta’sirini baholash bo‘yicha mavjud yondashuvlar tahlil qilinib, Aydar-Arnasoy sharoitiga mos kompleks metodika ishlab chiqildi. Metodika iqlimiy, aridlik, gidrologik, morfometrik, gidrokimyoviy, landshaft va antropogen indikatorlarni yagona tahliliy tizimga birlashtiradi. Havo harorati, yog‘in, potensial evapotranspiratsiya, bug‘ bosimi defitsiti va SPEI qurg‘oqchilik indekslari iqlimiy fonni ochib beradi, suv balansi ko‘l hajmining o‘zgarish sabablarini ajratadi, hamda Landsat va Sentinel-2 tasvirlari akvatoriya va qirg‘oq chizig‘i dinamikasini aniqlashga xizmat qiladi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiiqlim o‘zgarishiekologik qurg‘oqchiliksuv balansibug‘lanishmasofadan zondlashgidrologik rejimminerallashuvlandshaft indikatsiyasi.Aydar-Arnasay Lake System
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.