«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 4-сан (2026)
β-(N-BENZOKSAZOLIN-2-TION) PROPION KISLOTA VA UNING MIS(II) KOMPLEKSINING ESCHERICHIA COLI DIHIDROFOLAT REDUKTAZASI BILAN MOLEKULYAR DOKINGI
Mamadaliyeva, Zoxida, Ashurov, Jamshid, Sattarov, Toʻlqinjon
Аннотация
Ushbu tadqiqotda β-(N-benzoksazolin-2-tion)propion kislotasi (HBOP) ligandi hamda uning Cu(II)-1,10-fenantrolin aralash ligandli kompleksining bakterial ferment bilan molekulyar o‘zaro ta’siri in silico usulda baholandi. Docking hisoblari Escherichia coli ning dihidrofolat reduktaza (PDB ID: 7MYM) oqsilida amalga oshirildi. Olingan natijalarga ko‘ra, erkin ligand 7MYM oqsili bilan mos -5,1 kkal/mol bog‘lanish energiyasini namoyon etdi. Cu(II)-HBOP-1,10-fenantrolin kompleksi oqsil bilan -8,6 kkal/mol bog‘lanish energiyasiga ega bo‘lib, erkin ligandga nisbatan sezilarli darajada yuqori affinitetni ko‘rsatdi. Metall kompleksning yuqori bog‘lanish qobiliyati koordinatsion markazning mavjudligi hamda ligandning fazoviy va elektron tuzilishidagi o‘zgarishlar bilan izohlanadi. Olingan natijalar Cu(II)-HBOP-1,10-fenantrolin kompleksining DNA replikatsiyasi va folat almashinuviga mas’ul bakterial fermentlarni samarali nishonga olishi mumkinligini ko‘rsatadi hamda uning istiqbolli antimikrob birikma sifatidagi salohiyatini tasdiqlaydi. Mazkur tadqiqot natijalari metallokomplekslarning biologik faolligini kompyuter modellashtirish usullari yordamida baholashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
β-(N-benzoksazolin-2-tion) propion kislotasiCu(II) kompleksi110-fenantrolinmolekulyar dockingCB-Dock2Discovery Studio Visualizerdihidrofolat reduktaza7MYMantibakterial faollik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.