«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 4-сан (2026)
MIRZACHO‘L LANDSHAFTLARIDA YER QOPLAMI VA SELITEB HUDUDLARNING 2050-YILGACHA PROGNOZ O‘ZGARISHI
Ibragimov, Sunnatulla
Аннотация
Ushbu maqolada Mirzacho‘l (Golodnaya dashti) hududi 20 ta landshaft xili kesimida yer qoplami tarkibining 2025-yildan 2050-yilgacha bo‘lgan prognoz o‘zgarishi tahlil qilingan. Tadqiqot 2017-2025-yillar oralig‘ida aniqlangan o‘tish tendensiyalariga asoslanib, Markov zanjiri yondashuvi yordamida amalga oshirilgan. Natijalarga ko‘ra, 2025-yilda 72 773,63 gektarni tashkil etgan seliteb hududlar 2050-yilga borib 99 374,99 gektarga, ya’ni 26 601,37 gektarga (36,55 foizga) kengayishi kutilmoqda. Seliteb kengayishning asosiy qismi (qariyb 94 foizi) sug‘oriladigan ekin maydonlari, qolgan qismi esa yalang‘och va siyrak qoplangan yerlar hisobiga yuz beradi. Eng yuqori mutlaq o‘sish 10-, 12-, 14- va 20-landshaft xillarida qayd etilib, bu to‘rt xil umumiy prognoz o‘sishning 70,4 foizini tashkil etadi. Olingan natijalar hududiy rejalashtirish va sug‘oriladigan yerlarni muhofaza qilish siyosatini shakllantirishda muhim ilmiy asos bo‘la oladi
Mirzacho‘lyer qoplamiseliteb hududlarlandshaft xillariMarkov modeligeografik axborot tizimlarimasofaviy zondlashprognozlashtirishMirzachulland cover
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.