«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
BO'LAJAK O'QITUVChILARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRIShNING ILMIY-FALSAFIY ASOSLARI VA ZARURATI
Xolboyeva, Dilbarxon
Annotaciya
Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va falsafiy asoslari hamda pedagogik zarurati kompleks tarzda tahlil qilingan. “Fuqaro”, “fuqarolik”, “kompetensiya”, “kompetentlik” va “ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligi” tushunchalarining mazmun-mohiyati milliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy o'rganilgan. V.A.Slastenin, G.N.Filonov, V.G.Sukolenov, N.A.Savotina, I.A.Zimnyaya, O.E.Mazir, N.V.Maslennikova va boshqa olimlarning konseptual ta'riflari tahlil qilinib, ularning o'zaro munosabati aniqlashtirilgan. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligining tarkibiy tuzilmasi kognitiv, qadriyatli-motivatsion, faoliyatli, kommunikativ va refleksiv komponentlar asosida belgilangan. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarda mazkur kompetentlikni shakllantirish zaruratini yuzaga keltiradigan ijtimoiy-siyosiy, ta’limiy, axborotlashuv omillari va ijtimoiy ehtiyoj omillari empirik va nazariy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari “Falsafa” fani misolida amalga oshirilgan pedagogik eksperiment materiallariga tayanadi va O'zbekiston Respublikasining ta'lim sohasidagi davlat siyosati hujjatlari bilan muvofiqlashtirilgan.
ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligibo'lajak o'qituvchikompetensiyakompetentlikfuqarolik pozitsiyasiijtimoiy faollikkognitiv komponentrefleksiv komponent“Falsafa"’fanipedagogik zarurat
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.