«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 5-san (2026)
FARG'ONA SHAHRI URBANEKOTIZIMI DENDROFAG BARGXO‘R QO‘NG'IZLARI (COLEOPTERA: CHRYSOMELIDAE) NING BIOINDIKATORLIK XUSUSIYATI
Zokirova, Gulnora, Rahmatjonova, Mubina, Zohidova, Muxayyoxon
Annotaciya
Maqolada Farg'ona shahri urbanekotizimida tarqalgan dendrofag bargxo‘r qo‘ng'izlarning (Coleoptera: Chrysomelidae) bioindikator ahamiyati o‘rganildi. Urbanizatsiya gradienti (shahar markazi — turar joy zonasi — periferiya — nazorat) bo‘yicha bargxo‘r qo‘ng'izlar jamoasining tarkibi va ekologik strukturasi tahlil qilindi. Tadqiqotda dendrofag turlarning ozuqa daraxti bilan trofik bog'liqligi hamda urbanizatsiya ta'sirida fauna tuzilishining o‘zgarishi aniqlandi.
urbanekotizimbioindikatsiyadendrofag hasharotlarbargxo‘r qo‘ng'izlarChrysomelidaeXanthogaleruca luteolaurbanizatsiya gradientiFarg'ona vodiysi.urban ecosystembioindication
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.