«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 5-сан (2026)
RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA KASBIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING TARKIBIY-MAZMUNIY ASOSLARI
Комилова, Зулхумор, Komilova, Zulxumor
Аннотация
Annotatsiya Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning tarkibiy-mazmuniy asoslari tadqiq etilgan. Kasbiy kompetentlik motivatsion-qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli, integrativ va refleksiv komponentlarning o‘zaro bog‘liq tizimi sifatida talqin qilingan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, integrativ, tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar nazariy-metodologik asos sifatida belgilangan. Kasbiy kompetentlikning har bir komponenti mazmuni, uning asosiy indikatorlari hamda rivojlanish darajalari aniqlashtirilgan. Raqamli ta’lim muhitida kasbiy kompetentlikni shakllantirishda kasbiy mazmun, fanlararo integratsiya, raqamli vositalar, amaliy faoliyat va refleksiyaning o‘zaro uyg‘unligi muhimligi asoslangan. Shuningdek, kompetentlikning boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalarini tavsiflovchi mezonlar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida raqamli texnologiyalarni mustaqil maqsad sifatida emas, balki talabalarning kasbiy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishi, mustaqil qaror qabul qilishi, fanlararo bilimlarni integratsiyalashi va o‘z faoliyatini refleksiv tahlil qilishiga xizmat qiluvchi pedagogik vosita sifatida qo‘llash zarurligi asoslangan. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, kasbiy kompetentlik, integrativ yondashuv, kasbiy kompetensiya, motivatsion-qadriyatli komponent, kognitiv komponent, amaliy-faoliyatli komponent, integrativ komponent, refleksiv komponent, raqamli ta’lim muhiti.
Kalit so‘zlar: raqamli ta’limkasbiy kompetentlikintegrativ yondashuvkasbiy kompetensiyamotivatsion-qadriyatli komponentkognitiv komponentamaliy-faoliyatli komponentintegrativ komponentrefleksiv komponentraqamli ta’lim muhiti.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.