«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA INTRAPERSONAL INTELLEKTNI FALSAFIY YONDASHUVLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK PARADIGMALARI
Rayimov, Alisher
Annotaciya
Ushbu maqolaning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda intrapersonal intellektni rivojlantirishning falsafiy, pedagogik va psixologik asoslarini kompleks tadqiq etish hamda bu jarayonning metodologik paradigmalarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda antropotsentrik, aksiologik, kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, refleksiv, faoliyatli va tizimli yondashuvlar integratsiyasiga tayanildi. Falsafa fanlarining imkoniyatlarini tahlil qilish orqali shaxsning o‘zini anglashi, refleksiv fikrlashi va kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirishi dialektik, tarixiy-mantiqiy va qiyosiy-tahliliy usullar yordamida o‘rganildi. Asosiy natijalari: Intrapersonal intellekt shaxsning o‘z ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari, ehtiyojlari va qadriyatlarini anglash hamda boshqarishini ta’minlovchi refleksiv-intellektual qobiliyatlar majmuasi ekanligi asoslandi. Uning tarkibiy qismlari (o‘z-o‘zini anglash, emotsional o‘zini boshqarish, refleksiv tahlil, shaxsiy-kasbiy rivojlanishni rejalashtirish va mustaqil qaror qabul qilish) ajratib ko‘rsatildi. Falsafa fanlari bo‘lajak o‘qituvchilarda metakognitiv va refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish, innovatsion tafakkurni o‘stirish hamda kasbiy kompetentlikni oshirish uchun fundamental baza bo‘lib xizmat qilishi isbotlandi. Ilmiy-amaliy ahamiyati: Nazariy jihatdan, intrapersonal intellekt kategoriyasining falsafiy-pedagogik mohiyati boyitildi. Amaliy jihatdan, ishlab chiqilgan xulosalar pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini yangilash, bo‘lajak o‘qituvchilarning emotsional barqarorligi va kasbiy moslashuvchanligini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Kelajak tadqiqotlar uchun intrapersonal intellektni baholashning aniq metrikalarini ishlab chiqish tavsiya etiladi.
intrapersonal intellektrefleksiyabo‘lajak o‘qituvchikasbiy kompetentlikaksiologik yondashuvfalsafiy tafakkuro‘z-o‘zini anglash.intrapersonal intelligencereflectionfuture teacher
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.