«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 4-нөмір (2026)
MAFKURAVIY PLYURALIZM TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI VA FALSAFIY TALQINI: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL
Xayrullayev, Sirojiddin
Аңдатпа
Mazkur maqolada mafkuraviy plyuralizm tushunchasining mazmun-mohiyati va falsafiy talqini nazariy-metodologik jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot globallashuv va axborotlashuv jarayonlari jadal kechayotgan zamonaviy jamiyatda mafkuraviy munosabatlarni ilmiy o'rganishning dolzarb ahamiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan. Maqolada “mafkura” atamasining fanga ilk bor A.Destyut de Trasi tomonidan kiritilgan XVIII asr oxiridan to hozirgi kungacha bo'lgan tarixiy evolyusiyasi kuzatiladi. K.Marks va F.Engelsning kommunistik mafkura nazariyasi, D.Uolford va G.Uolsbi tomonidan taklif etilgan mafkuraning olti tasnif mezoni, U.Mallinzaning mafkura uchun to'rt tayanch xususiyat haqidagi g'oyalari hamda S.Jijekniing fenomenologik yondashuvi qiyosiy tarzda tahlil etiladi. Plyuralizm tushunchasining falsafiy ildizlari qadimgi yunon falsafasidan K.Popper va I.Berlinning zamonaviy demokratik nazariyalarigacha bo'lgan rivojlanish yo'li ochib beriladi. O'zbekistonda mafkura va mafkuraviy plyuralizmni o'rganishga doir milliy ilmiy maktabning shakllanishi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning ushbu sohadagi innovatsion va amaliy yondashuvi tahlil etiladi. Tadqiqot natijasida mafkuraviy plyuralizmga quyidagi mualliflik ta'rifi ishlab chiqilgan: mafkuraviy plyuralizm — demokratik jamiyat sharoitida turli ijtimoiy guruhlar, millatlar, siyosiy kuchlar va fuqarolarning g'oyaviy qarashlari, dunyoqarashlari hamda mafkuraviy pozitsiyalarining qonuniy va erkin mavjud bo'lishi, o'zaro muloqot, raqobat va hamkorlik asosida rivojlanishini ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya. Maqola natijalarining zamonaviy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va yoshlar mafkuraviy tarbiyasi sohasida amaliy ahamiyatga egaligi asoslab beriladi.
mafkuramafkuraviy plyuralizmfalsafiy talqinideologiyaplyuralizmijtimoiy birdamlikdemokratiyag'oyamilliy mafkuraO'zbekiston.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.