«FarDU­ ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 4 (2026)

IJTIMOIY HAMKORLIK VA MUROSA POZITSIYASINING MILLIY XAVFSIZLIKNI MUSTAHKAMLASHDAGI ROLI: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL

Tuxlimurodov, Nodirjon

Read at source

Abstract

Ushbu maqola Yangi O'zbekistonda milliy xavfsizlikni mustahkamlashda ijtimoiy hamkorlik va murosa pozitsiyasining nazariy-metodologik asoslarini ijtimoiy-falsafiy tahlil etishga bag'ishlangan. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ijtimoiy hamkorlik tor huquqiy ma'noda — ijtimoiy sheriklik sifatida ta'riflanadi. Biroq ijtimoiy falsafa nuqtai nazaridan ushbu tushunchaning mazmuni ancha kengroq bo'lib, jamiyat a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabat va birgalikdagi harakatni qamrab oladi. Maqolada “murosa pozitsiyasi” tushunchasi “murosa”, “totuvlik”, “kelishuv”, “bag'rikenglik” va “murosasozlik” tushunchalaridan farqlab tahlil qilinadi. G'arb falsafiy an'anasida ijtimoiy shartnoma nazariyasi (Gobbs, Lokk, Russo), birdamlik (Dyurkgeym) va kommunikativ burilish (Habermas) kontekstida; Sharq falsafiy tafakkurida esa Forobiyning fozil shahar konsepsiyasi, Ibn Xaldunning asabiyya ta'limoti hamda klassik nasihatnoma maktabi doirasida hamkorlik va murosaning genezisi kuzatiladi. Ikkala an'anani taqqoslash ularning bir-birini inkor etmasligini, balki to'ldirishini ko'rsatadi: G'arb an'anasi hamkorlikni tuzilma va protsedura orqali, Sharq an'anasi esa axloqiy sifat orqali ifodalaydi. Metodologik jihatdan tizimli yondashuv asosiy doira sifatida qabul qilinib, strukturaviy-funksional, institutsional va aksiologik tahlil qo'llanadi. Maqolada murosa pozitsiyasining milliy xavfsizlikning indikatori sifatidagi funksiyasi asoslanadi.

ijtimoiy hamkorlikmurosa pozitsiyasimilliy xavfsizlikijtimoiy falsafanazariy-metodologik asosG'arb va Sharq falsafiy an'analariYangi O'zbekiston.social cooperationcompromise positionnational security

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Tuxlimurodov, Nodirjon (2026). IJTIMOIY HAMKORLIK VA MUROSA POZITSIYASINING MILLIY XAVFSIZLIKNI MUSTAHKAMLASHDAGI ROLI: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 7(4).
GOST R 7.0.5
Tuxlimurodov, Nodirjon IJTIMOIY HAMKORLIK VA MUROSA POZITSIYASINING MILLIY XAVFSIZLIKNI MUSTAHKAMLASHDAGI ROLI: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2026. Т. 7. № 4.
BibTeX
@article{nodirjon2026,
  author  = {Tuxlimurodov, Nodirjon},
  title   = {IJTIMOIY HAMKORLIK VA MUROSA POZITSIYASINING MILLIY XAVFSIZLIKNI MUSTAHKAMLASHDAGI ROLI: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {4}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Tuxlimurodov, Nodirjon
TI  - IJTIMOIY HAMKORLIK VA MUROSA POZITSIYASINING MILLIY XAVFSIZLIKNI MUSTAHKAMLASHDAGI ROLI: NAZARIY-METODOLOGIK TAHLIL
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 4
ER  -