«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 4 (2026)
POLIETNIK JAMIYATDA IDEOLOGIK KONSENSUSNING MAZMUN MOHIYATI VA KONTSEPTUAL ASOSLARI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL
Shavkatov, Musojon
Аннотация
Mazkur maqolada polietnik jamiyatda ideologik konsensusning mazmun-mohiyati va konseptual asoslari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot Oʼzbekiston Respublikasida koʼpmillatli jamiyatda ijtimoiy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashning nazariy asoslarini oʼrganishga qaratilgan. Zamonaviy globallashuv va axborotlashuv jarayonlari polietnik jamiyatlarda mafkuraviy taʼsirlаr va madaniy transformatsiyalarni kuchaytirayotganligi bois ideologik konsensusga erishish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Tadqiqotda millat, elat, etnik guruh, jamiyat va polietnik jamiyat tushunchalarining genezisi, asosiy belgilari va ijtimoiy ahamiyati batafsil oʼrganilgan. Konsensus, ijtimoiy konsensus va ideologik konsensus tushunchalari oʼtasidagi semantik farqlar va oʼzaro aloqadorlik tizimli tahlil qilingan. Koʼpmillatli jamiyatlarda ideologik konsensusga erishishning oltita asosiy falsafiy omili — bagʼrikenglik tamoyili, umumiy fuqarolik qadriyatlari, ijtimoiy adolat va tenglik, madaniyatlararo muloqot, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uygʼunligi hamda maʼnaviy birlik va umumiy taraqqiyot gʼoyasi — identifikatsiya qilinib, ularning konsensus shakllanishidagi roli koʼrsatib berilgan.
polietnik jamiyatideologik konsensusijtimoiy xavfsizlikbagʼrikenglikmilliy birliketnik guruhijtimoiy falsafamillatlararo munosabatlar.polyethnic societyideological consensus
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.