«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 4 (2026)
JADIDLAR TARIXIY TAFAKKURIDA AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR MEROSI: MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA ABDURAUF FITRAT QARASHLARI
Toʻychiyev, Baxtiyorjon
Аннотатсия
Maqolada Turkiston jadidlarining Amir Temur va Temuriylar davriga munosabati Mahmudxo‘ja Behbudiy hamda Abdurauf Fitratning matbuot, badiiy-publitsistik va ilmiy asarlari asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda jadidlarning tarixiy merosga munosabati faqat buyuk hukmdorlarni ulug‘lash yoki milliy g‘ururni uyg‘otish vositasi sifatida emas, tarixni manbalar asosida qayta o‘rganish, moddiy yodgorliklarni ilmiy tavsiflash, milliy davlatchilik xotirasini tiklash va Temuriylar davri madaniy taraqqiyotining sabablarini tushuntirishga qaratilgan izlanish sifatida baholandi. Mahmudxo‘ja Behbudiy qarashlarida tarix millatning taraqqiyoti va tanazzuli sabablarini anglash vositasi, Samarqand yodgorliklari hamda Mirzo Ulug‘bek merosi esa xalqning ilmiy-madaniy salohiyatini tasdiqlovchi dalil sifatida namoyon bo‘lgan. Abdurauf Fitratning “Yurt qayg‘usi (Temur oldinda)” asarida Amir Temur yo‘qotilgan davlat mustaqilligi va siyosiy qudrat timsoliga aylantirilgan bo‘lsa, uning ilmiy maqolalarida Temuriylar davri adabiyoti iqtisodiy, siyosiy va madaniy sharoit bilan bog‘liq holda tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida jadidlar qarashlari yagona va o‘zgarmas talqindan iborat bo‘lmagani, ularda ma’rifiy-tarixiy, siyosiy-ramziy va ilmiy-adabiy yo‘nalishlar mavjud bo‘lgani asoslandi.
jadidchilikAmir TemurTemuriylarMahmudxo‘ja BehbudiyAbdurauf Fitrattarixiy xotiradavlatchilikMirzo Ulug‘bekAlisher NavoiyChig‘atoy adabiyoti.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.