«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 4-son (2026)
IJTIMOIY FAROVONLIKNI TA’MINLASHDA AHOLINING TIBBIY MADANIYATI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL
Azamaliyev, Qalbyor
Annotatsiya
Maqolada ijtimoiy farovonlikni taʼminlashning tibbiy-ijtimoiy omili sifatida aholining tibbiy madaniyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi Oʻzbekistonda yuqumli boʻlmagan kasalliklarning umumiy oʻlim tarkibida ustunlik qilishi hamda ushbu kasalliklar xavf omillarining asosan xulq-atvorga bogʻliqligi bilan izohlanadi. Ish ikki yoʻnalishda olib borildi: birinchidan, xalq tibbiy madaniyatining mohiyati, tarkibiy qismlari va ijtimoiy farovonlik bilan bogʻlanish mexanizmi aniqlandi; ikkinchidan, uni yuksaltirishning ijtimoiy mexanizmlari hamda samaradorlik shartlari tizimlashtirildi. Tadqiqot normativ hujjatlar kontent-tahlili va ikkilamchi maʼlumotlar tahliliga asoslangan. Xulosa qilinadiki, tibbiy madaniyat ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan sogʻliq natijalari oʻrtasidagi vositachi omil boʻlib, uni yuksaltirish tengsizlikni bartaraf etishning oʻrnini bosmaydi, biroq uning taʼsirini sezilarli yumshatadi.
ijtimoiy farovonliktibbiy madaniyatsogʻliq savodxonligiyuqumli boʻlmagan kasalliklarprofilaktikasogʻlom turmush tarziijtimoiy determinantlarmahallaijtimoiy gradient.social welfare
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.