«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 4 (2026)
Syzygium aromaticum ekstraktidagi suvda eruvchan vitaminlarni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlash
Kimsanova, Gulruhsor, Ibrohimjon, Asqarov
Abstract
Syzygium aromaticum o‘zining boy fitokimyoviy tarkibi va turli biologik xususiyatlari tufayli muhim dorivor o‘simlik sifatida e’tirof etiladi. Uning efir moyi keng qamrovda o‘rganilgan bo‘lsa-da, ekstraktlari tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar haqida ma’lumotlar cheklangan. Mazkur tadqiqotning maqsadi Syzygium aromaticum ekstrakti tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlarni yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX, HPLC) usulida aniqlashdan iborat bo‘ldi. Ekstrakt 96% etanol yordamida tayyorlandi va Shimadzu LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografi hamda Shim-pack GIST C18 kolonkasi yordamida tahlil qilindi. Suvda eruvchan vitaminlar sertifikatlangan standart namunalar bilan taqqoslash orqali identifikatsiya qilindi va miqdoriy jihatdan baholandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ekstrakt tarkibida C vitamini, B1 vitamini (tiamin), B2 vitamini (riboflavin), B3 vitamini (niatsin), B6 vitamini (piridoksin), B9 vitamini (foliy kislotasi) hamda PP vitamini mavjudligi aniqlandi, B12 vitamini esa aniqlanmadi. Aniqlangan suvda eruvchan vitaminlar orasida B9 vitamini (foliy kislotasi) eng yuqori miqdorda uchradi. Olingan natijalar Syzygium aromaticum ekstrakti suvda eruvchan vitaminlarning qimmatli tabiiy manbai ekanligini hamda uning ozuqaviy va biologik xususiyatlariga hissa qo‘shishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ushbu natijalar qalampirmunchoqning kimyoviy tarkibi haqidagi mavjud ma’lumotlarni to‘ldiradi va uni funksional oziq-ovqat mahsulotlari hamda o‘simlik asosidagi nutrasevtik preparatlar tarkibida qo‘llash istiqbollarini asoslaydi.
Syzygium aromaticum; suvda eruvchan vitaminlar; yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX); HPLC; C vitamini; B guruhi vitaminlari.Syzygium aromaticum; water-soluble vitamins; high-performance liquid chromatography; HPLC; vitamin C; B-complex vitamins.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.