«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 4-сан (2026)
ISLOMDA ZIYORAT VA ZIYORATGOHLAR
Safarov, Isoq
Аннотация
Mazkur maqolada Islom dinida ziyorat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning Qur'on va hadislar asosidagi diniy-huquqiy asoslari hamda musulmonlar hayotidagi ma'naviy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, ziyoratgohlarning shakllanish omillari, ularning tarixiy, diniy va madaniy qadriyatlardagi o'rni, ziyoratgohlarning jamiyat ma'naviy hayotiga ta'siri ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Maqolada Islomda ziyoratning asosiy maqsadi Alloh taologa yaqinlashish, o'tgan avlodlar xotirasini e'zozlash, diniy-ma'rifiy bilimlarni mustahkamlash hamda axloqiy kamolotga erishish ekani asoslab berilgan. Bundan tashqari, ziyoratgohlarning sakral geografiya va ziyorat turizmi nuqtai nazaridan tutgan o'rni hamda ularning hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari Islomdagi ziyorat an'analarini ilmiy-geografik jihatdan o'rganish va ulardan ziyorat turizmini barqaror rivojlantirishda samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi.
IslomziyoratziyoratgohQur’onHadissunnatbid’atmusulmonruhiy ahamiyatpoklanish
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.