«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
YANGI O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY YUKSALISH JARAYONIDA SAN’ATNI LIBERALLASHTIRISH MASALALARI
Shokirov, Otabek
Annotaciya
Maqolada Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida san’atni liberallashtirishning ijtimoiy-falsafiy, huquqiy va institutsional asoslari tadqiq etilgan. Liberallashtirish san’at sohasini nazoratsiz qoldirish emas, balki badiiy ijod erkinligi, madaniy xilma-xillik, institutsional avtonomiya, resurslarga adolatli kirish, ijodkorning munosib ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ochiq hisobdorlikni uyg‘unlashtiruvchi boshqaruv modeli sifatida talqin qilingan. Normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro standartlar va zamonaviy madaniy siyosatga oid manbalar qiyosiy, germenevtik, institutsional va tizimli tahlil qilindi. Natijada san’atni liberallashtirishning olti o‘lchovli modeli hamda huquqiy, institutsional, iqtisodiy, hududiy, raqamli va aksiologik indikatorlar matritsasi ishlab chiqildi. Davlatning vazifasi badiiy mazmunni ma’muriy belgilashdan ijodiy imkoniyatlar, xolis tanlov, aralash moliyalashtirish, mualliflik huquqi va auditoriyaga teng kirishni kafolatlaydigan muhit yaratishga o‘tishi lozimligi asoslangan. Taklif etilgan model madaniy siyosat, grant tanlovlari va soha monitoringida qo‘llanishi mumkin
Yangi O‘zbekistonma’naviy yuksalishsan’atliberallashtirishbadiiy ijod erkinligimadaniy xilma-xillikkreativ iqtisodiyotinstitutsional avtonomiyaraqamli platformalarmadaniy siyosat
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.