«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 4-сан (2026)
“IJTIMOIY ADOLAT” TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI VA YANGI O'ZBEKISTONDA UNI TA’MINLASHNING FALSAFIY-KONSEPTUAL ASOSLARI
Boltaboyev, Iqboljon
Аннотация
Mazkur maqolada “ijtimoiy adolat” tushunchasining falsafiy-konseptual mazmun-mohiyati, uning ilmiy asoslari va Yangi O'zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog'liqligi keng tahlil qilingan. Tadqiqotda ijtimoiy adolat tushunchasining klassik falsafiy merosdan — Platon va Aristoteldan to zamonaviy liberal, sotsial-demokratik va kommunitar yondashuvlargacha bo'lgan evolyutsiyasi ko'rib chiqilgan. Taqsimot adolati, imkoniyatlar adolati hamda natijalar adolati kabi tarkibiy elementlar tizimi falsafiy jihatdan asoslangan. Amir Temur davlat boshqaruvida qo'llagan adolat tamoyillari va zamonaviy O'zbekiston islohotlari o'rtasidagi tarixiy-falsafiy bog'liqlik ochib berilgan. Yangi O'zbekistonda ijtimoiy adolatni ta'minlashning besh asosiy g'oyaviy yo'nalishi: yagona vatan tuyg'usi, qonun ustuvorligi, xalq roziligi, ma'rifat va innovatsion taraqqiyot — konseptual jihatdan tahlil qilingan. Xalqaro mehnat tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, jahon aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum ekanligi qayd etilgan. O'zbekistonda ijtimoiy himoya xarajatlari 2016-yildan 2023-yilgacha 5 baravar oshib, 18,1 trillion so'mga yetgani, YaIMdagi ulushi esa 0,9 foizdan 2,2 foizga ko'tarilgani statistik ma'lumotlar asosida ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy adolatni ta'minlash borasida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
ijtimoiy adolattaqsimot adolatiimkoniyatlar adolatifalsafiy-konseptual asoslardemokratik transformatsiyaYangi O'zbekistonijtimoiy himoyaRawlsNussbaum.social justice
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.