«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 4 (2026)
INSON KAPITALI VA UMUMIYIJTIMOIY MAQSADLAR UYG'UNLIGINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL
A'zamova, Zarnigor
Abstract
Ushbu maqolada inson kapitali va umumiyijtimoiy maqsadlar uyg'unligining nazariy-metodologik asoslari ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maqolada “inson kapitali” va “umumiyijtimoiy maqsadlar” tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning tarixiy evolyusiyasi hamda zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berilgan. Inson kapitalining asosiy tarkibiy elementlari — bilim, ko'nikma, malaka, intellektual salohiyat, sog'liq, ijtimoiy faollik, axloq, kreativlik, innovatsion tafakkur va fuqarolik ongi — ijtimoiy-falsafiy tahlilga tortilgan. Umumiyijtimoiy maqsadlar tizimi: barqaror taraqqiyot, ijtimoiy adolat, inson farovonligi, inson qadri, ijtimoiy birdamlik, inklyuziv rivojlanish, fuqarolik jamiyati va innovatsion taraqqiyot — dialektik aloqalari jihatidan o'rganilgan. Tadqiqotda analiz va sintez, dialektik, sinergetik, tarixiylik va mantiqiylik, tizimli va qiyosiy tahlil usullari qo'llanilgan. Natijada inson kapitali va umumiyijtimoiy maqsadlar o'rtasidagi dialektik bog'liqlikning ijtimoiy-falsafiy asoslari aniqlashtirilgan va inson kapitali rivojlanishi umumiyijtimoiy maqsadlarga erishishning muhim sharti ekanligi asoslangan.
inson kapitaliumumiyijtimoiy maqsadlarijtimoiy falsafabarqaror taraqqiyotijtimoiy adolatinklyuziv rivojlanishinson qadriinnovatsion taraqqiyot.human capitalgeneral social goals
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.