«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 4-нөмір (2026)
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH ZARURATI VA UNING PEDAGOGIK MAZMUNI
Aldasheva, Sayyoraxon
Аңдатпа
Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikning pedagogik mazmun-mohiyati va uni rivojlantirish zarurati masalasi ko'rib chiqilgan. Zamonaviy globallashuv, raqamli transformatsiya va ko'pmadaniyatli ta'lim muhiti sharoitida o'qituvchining ijtimoiy-madaniy kompetentligi uning kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatni ta'minlovchi muhim integrativ sifat sifatida qaralmoqda. Maqolada "ijtimoiy-madaniy kompetentlik" tushunchasiga turli ilmiy yondashuvlar tahlil qilinib, mualliflik ta'rifi asoslangan: bu kompetentlik bo'lajak pedagogning bilimlari, qadriyatlari, munosabatlari va amaliy faoliyat tajribasini o'zida mujassamlashtirgan integrativ shaxsiy-kasbiy sifat hisoblanadi. Tushunchaning tarkibiy komponentlari – kognitiv, aksiologik, kommunikativ, faoliyatli, ijtimoiy moslashuvchanlik va refleksiv jihatlar – pedagogik nuqtai nazardan tavsiflanadi. Bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish zaruratini belgilovchi sakkiz omil tizimlashtirilib jadval ko'rinishida taqdim etiladi. Tadqiqot natijalari bo'lajak pedagoglarni zamonaviy jamiyat talablariga mos raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashda pedagogik ta'lim amaliyotiga tatbiq etishga mo'ljallangan.
ijtimoiy-madaniy kompetentlikbo'lajak o'qituvchipedagogik mazmuntarkibiy komponentlarkognitivaksiologikkommunikativfaoliyatligloballashuvmadaniyatlararo muloqot.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.