«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
TIBBIY TA’LIMDA BO‘LAJAK SHIFOKORLARNING KASBIY-AXLOQIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY VA AKSIOLOGIK MEZONLARI
Karimov, Abdulvoxid
Annotaciya
Ushbu maqolada oliy tibbiy ta’lim talabalarining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy, Aksiologik va pedagogik-psixologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Globallashuv va raqamli tibbiyot sharoitida bo‘lajak shifokorlarda bioetik tafakkur, tibbiy deontologiya va gumanistik dunyoqarashni shakllantirishning konseptual mezonlari ochib berilgan. Maqolada kasbiy-axloqiy kompetentlikning motivatsion, kognitiv, Aksiologik, kommunikativ, operatsion-faoliyatli va refleksiv komponentlari tizimlashtirilib, Zardushtiylik, Islom ta’limoti, Sharq Uyg‘onish davri (Forobiy, Ibn Sino, Navoiy) hamda Jadidchilik harakatining axloqiy qarashlari tarixiy-retrospektiv tarzda tadqiq etilgan. Talabalarning kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirishda falsafa fanlarining o‘rni, milliy-ma’naviy omillar va interfaol metodlarning (FSMU, VENN diagrammasi, Keys-stadi) pedagogik samaradorligi ilmiy asoslangan.
kasbiy-axloqiy kompetentliktibbiy ta’limbioetikadeontologiyaAksiologik yondashuvgumanizmkasbiy refleksiyakommunikativ madaniyatSharq Uyg‘onish davrijadidchilik
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.