«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 4 (2026)
GERARD OF CREMONA’S LATIN TRANSLATION OF “KITĀB FĪ JAWĀMIʿ ʿILM AL-NUJŪM” IN SALAMANCA MS 2051: a comparative codicological and paratextual analysis
Makhmudov, Otabek
Аннотатсия
Maqolada Ahmad al-Farg‘oniyning astronomik asari – “Kitāb fī jawāmiʿ ʿilm al-nujūm”ni Kremonalik Jerard tomonidan lotin tiliga tarjima qilingan matnining XIII asr o‘rtalariga mansub Salamanka nusxasi tadqiq etilgan. Mazkur nusxa Salamanka universiteti Tarix kutubxonasidagi MS 2051 qo‘lyozmasining 1r–13v varaqlarida saqlanadi. Tadqiqotda qo‘lyozma tarjimani shunchaki saqlovchi vosita sifatida emas, balki mustaqil manba sifatida o‘rganilgan. Unda butun qo‘lyozma majmuaning kodikologik tuzilishi qayta tiklanib, 13r varaqda yakunlangan so‘zli matn ushbu varaqning o‘zi hamda 13v varaqda joylashgan unga aloqador grafik materiallardan farqlanishi aniqlangan. Shuningdek, rubrikatsiya, glossalar tizimi, hisoblash jadvallari va diagrammalar tahlil qilindi. Salamanka nusxasining matni Vatikan kutubxonasidagi Vat. lat. 3100, Oksforddagi Laud Misc. 644, Myunxendagi Clm 234, Parijdagi BnF Lat. 7280, Florensiyadagi Riccardiana 885 hamda nisbatan kechroq ko‘chirilgan Pal. lat. 1376 qo‘lyozmalari bilan qiyosiy o‘rganildi. Qo‘lyozma variantlari bilan tarjima versiyalari o‘rtasidagi tafovutlarni aniq ajratish maqsadida asarning yana bir tarjimoni Sevilyalik Xuan ishi va Salamanca MS 2621 hamda Pal. lat. 1416 qo‘lyozmalari bilan qiyosiy tahlil etildi. Tadqiqotda 4v varaqdagi yetti iqlim jadvali va 6v varaqdagi burjlar jadvaliga alohida e’tibor qaratilgan. Birinchi jadval nasriy shaklda bayon qilingan ma’lumotlarni oltmishlik sanoq tizimiga asoslangan matritsaga aylantiradi. Undagi yetti mintaqaviy kenglik ko‘rsatkichining umumiy yig‘indisi 2 140 miliariani tashkil etgan. Ikkinchi jadval burjlarni minuit va addit amallari asosida tartibga soladi. Tadqiqot natijalari Salamanca MS 2051 mustaqil redaksiyani saqlamaganini, aksincha, tarjima, annotatsiya, hisoblash va diagrammatik talqin birgalikda namoyon bo‘lgan, foydalanish tarixi boshqa qo‘lyozmalardan ancha yaxshi aks etgan qo‘lyozma ekanini ko‘rsatadi.
Ahmad al-Farg‘oniyAlfraganusKremonalik JerardSalamanca MS 2051arabcha-lotincha tarjimao‘rta asr astronomiyasikodikologiyaqo‘lyozma diagrammalari.Aḥmad al-FarghānīAlfraganus
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.