«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
MIND SPEAK AI MOBIL ILOVASI ASOSIDA NOFILOLOGIK YOʻNALISH TALABALARIGA INGLIZ TILINI OʻQITISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI
Nigmatova, Nozimakhon
Annotaciya
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli ta’lim makonida nofilologik (psixologiya) yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini (ESP) o‘qitishda generativ sun’iy intellekt (GenAI) texnologiyalari integratsiyalashgan mobil ilovalarning didaktik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Xususan, zamonaviy neyrotarmoq modellari (Claude, ChatGPT, Grok va ChatGPT) bazasida ishlab chiqilgan “Mind Speak AI” mobil dasturiy vositasining talabalarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishdagi samaradorligi tahlil qilingan. Farg‘ona davlat universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti va Termiz davlat universitetining 430 nafardan ortiq talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida empirik diagnostika, so‘rovnoma hamda sifat ko‘rsatkichlarini kontent-tahlil qilish metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sun’iy intellektga asoslangan mobil o‘qitish modeli talabalarning til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiribgina qolmay, ularda mustaqil ta’lim olish faolligini (self-regulation) sezilarli darajada kuchaytiradi va an’anaviy ta’lim bilan aralash ta’lim (blended learning) muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mind Speak AI mobil ilovasio‘rganish traektoriyalariindividuallashtirilgan ta’limmotivatsiyakognitiv jarayonlaro‘rganuvchi psixologiyasichet tilini o‘qitishMind Speak AI mobile applicationlearning trajectoriesindividualized learning
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.