«FarDU­ ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 3 (2026)

TARJIMA ADEKVATLIGIGA ERISHISHDA TARJIMA TRANSFORMATSIYALARINING O‘RNI

Ismoilova, Gulshoda

Read at source

Abstract

Ushbu maqolada tarjima adekvatligiga erishishda tarjima transformatsiyalarining o‘rni o‘zbek–ingliz til juftligi misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima jarayonida qo‘llanadigan asosiy transformatsiya turlarini aniqlash, ularning zaruriyati va funksional ahamiyatini yoritishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tavsifiy, kontekstual, semantik va tarjimashunoslik tahlili metodlaridan foydalanildi. Natijada o‘zbek va ingliz tillari o‘rtasidagi leksik, grammatik, semantik hamda uslubiy tafovutlar tarjimada turli transformatsiyalarni qo‘llashni taqozo etishi aniqlandi. Xususan, konkretlashtirish, umumlashtirish, grammatik qayta qurish, antonimik tarjima, tavsifiy tarjima hamda stilistik moslashtirish tarjima adekvatligini ta’minlashda faol vositalar ekanligi ko‘rsatildi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi milliy-madaniy birliklar, frazeologizmlar va sintaktik qurilmalarni ingliz tiliga tarjima qilishda shakliy moslik emas, balki mazmuniy va kommunikativ muvofiqlik ustuvor ahamiyat kasb etishi asoslab berildi. Xulosa sifatida, tarjima transformatsiyalari tarjimonning asosiy amaliy vositasi bo‘lib, ular asliyat matnining mazmuni, uslubi va ta’sir kuchini tarjima tilida tabiiy va me’yoriy shaklda qayta yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

tarjimaadekvatlikekvivalentliktarjima transformatsiyasileksik transformatsiyagrammatik transformatsiyasemantik transformatsiyastilistik transformatsiyao‘zbek tiliingliz tili.

Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.

Cite

APA 7
Ismoilova, Gulshoda (2026). TARJIMA ADEKVATLIGIGA ERISHISHDA TARJIMA TRANSFORMATSIYALARINING O‘RNI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 7(3).
GOST R 7.0.5
Ismoilova, Gulshoda TARJIMA ADEKVATLIGIGA ERISHISHDA TARJIMA TRANSFORMATSIYALARINING O‘RNI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2026. Т. 7. № 3.
BibTeX
@article{gulshoda2026,
  author  = {Ismoilova, Gulshoda},
  title   = {TARJIMA ADEKVATLIGIGA ERISHISHDA TARJIMA TRANSFORMATSIYALARINING O‘RNI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Ismoilova, Gulshoda
TI  - TARJIMA ADEKVATLIGIGA ERISHISHDA TARJIMA TRANSFORMATSIYALARINING O‘RNI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 3
ER  -