«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 4-сан (2026)
TURLI HARORATLARDA QIZDIRIB TAYYORLANGAN P3HT POLIMER ASOSIDAGI FAOL QATLAMLARNING OPTIK VA FOTOVOLTAIK SAMARADORLIGI
Otaqulova, Nilufar, Nurumbetova, Lobar, Saidqulova, Shaxlo, Mansurova, Mavjuda
Аннотация
Organik quyosh elementlari (OQE) yengil, egiluvchan va arzon ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan zamonaviy fotovoltaik texnologiyalar orasida muhim o‘rin egallaydi. Ularning samaradorligi donor–akseptor juftligi, faol qatlam morfologiyasi va tayyorlash sharoitlariga, xususan qizdirish haroratiga kuchli bog‘liq hisoblanadi. Ushbu ishda P3HT:PCBM asosidagi OQElarning optik va fotovoltaik xossalariga qizdirish haroratining ta’siri o‘rganildi. OQElar shisha/ITO/PEDOT:PSS/P3HT:PCBM/LiF/Al tuzilmasida spin-qoplama usuli orqali tayyorlanib, 0–180 °C oralig‘ida turli haroratlarda qizdirib tayyorlandi va ularning optik yutilish va fotolyuminessensiya (FL) spektrlari, hamda J–V xarakteristikalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qizdirish harorati oshishi bilan P3HT zanjirlarining tartiblanishi, π–π stacking va kristallanish darajasi yaxshilanib, 160 °C gacha bo‘lgan oraliqda optik yutilish hamda zaryad tashuvchilar harakati sezilarli ortdi. Eng yuqori fotovoltaik ko‘rsatkichlar aynan 160 °C da qayd etilib, EO’S 0,4 % dan 4,2 % gacha oshdi. Yuqori haroratlarda esa faza segregatsiyasi va konjugatsiya uzunligining qisqarishi tufayli OQElarning samaradorligi pasayishi kuzatildi.
OQEP3HT:PCBMyutilishfotolyuminessensiyaEO’S.OSCsP3HT:PCBMabsorptionphotoluminescencePCE.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.