«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 4 (2026)
WEBDIZAYN.UZ PLATFORMASINING DASTURIY-PEDAGOGIK TA'MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Yuldashev, Ulmasbek
Аннотация
Maqolada webdizayn.uz ta'lim platformasining dasturiy-pedagogik ta'minotini takomillashtirish masalasi ko'rib chiqilgan. Platformaning dastlabki versiyasini amaliyotda qo'llash jarayonida aniqlangan to'rtta asosiy kamchilik kontent tuzilmasining talaba tayyorgarlik darajasiga moslashmasligi, foydalanuvchi interfeysi (UI) qulayligining yetarli emasligi, interaktiv mashqlar tizimining cheklanganligi va o'quv jarayoni analitikasining sustligi tadqiqotning boshlang'ich nuqtasi bo'lib xizmat qilgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun kompetensiyaviy yondashuv asosida uch bosqichli adaptiv kontent tuzilmasi ishlab chiqilgan; interfeys Nielsen heuristikalari asosida qayta loyihalangan; brauzerda ishlovchi kod muharrir joriy etilgan. Tadqiqotning empirik qismi 2025–2026-o'quv yilida Guliston davlat universiteti «Kompyuter ilmlari» yo'nalishi talabalari (n = 74) ishtirokida kvazieksperimental dizayn asosida amalga oshirilgan. Pirson χ² kriteriysi bo'yicha guruhlar orasidagi farq statistik jihatdan ahamiyatli bo'lib chiqdi (χ² = 12,3; df = 2; p = 0,002; Cohen d ≈ 0,68). Takomillashtirilgan platforma foydalanuvchi qoniqish darajasini va talabalarning mustaqil amaliy mashg'ulot faolligini sezilarli oshirdi.
web-dizayn ta'limidasturiy-pedagogik ta'minotadaptiv o'qitishLMSfoydalanuvchi tajribasi (UX)kompetensiyaviy yondashuvinteraktiv platformaraqamli ta'limweb platformata'lim analitikasi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.