«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
QATTIQ JISMLARNING CHIZIQLI KENGAYISH KOEFFITSIENTINING TEMPERATURAGA BOG‘LIQLIGINI VIRTUAL LABORATORIYA MUHITIDA TADQIQ ETISHNING INNOVATSION USULLARI
Toshmurodov, Nuriddin
Annotaciya
Mazkur maqolada qattiq jismlarning chiziqli kengayish koeffitsiyentining temperaturaga bog‘liqligini o‘rganish jarayonini virtual laboratoriya muhitida tashkil etishning innovatsion usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida zamonaviy web-texnologiyalar asosida interaktiv virtual laboratoriya ishlab chiqilib, u orqali chiziqli kengayish hodisasini modellashtirish, tajriba natijalarini olish hamda ularni grafik ko‘rinishda tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan. Yaratilgan virtual laboratoriya foydalanuvchilarga temperaturaning o‘zgarishi bilan qattiq jismlar uzunligining o‘zgarishini kuzatish, tajriba parametrlarini boshqarish va olingan natijalarni jadval hamda grafiklar yordamida tahlil qilish imkonini beradi. Mazkur tizim o‘quv jarayonida an’anaviy laboratoriya mashg‘ulotlarini samarali to‘ldirish, talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Virtual laboratoriyaning asosiy afzalliklari sifatida uning interaktivligi, vizualligi, foydalanish qulayligi va masofaviy ta’lim sharoitida ham samarali qo‘llanish imkoniyati alohida ta’kidlanadi.
virtual laboratoriyaqattiq jismlarchiziqli kengayish koeffitsiyentitemperaturaga bog‘liqlikissiqlik kengayishifizik jarayonlarni modellashtirishweb-texnologiyalarinteraktiv ta’limmasofaviy ta’limraqamli ta’lim texnologiyalari
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.