«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 4-san (2026)
MARKAZIY OSIYODA TARQALGAN EREMIAS SCRIPTA (STRAUCH, 1867) POPULYATSIYALARINING MORFOLOGIK VARIATSIYASI VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Zokirov, Islomjon, Nazirjonov, Umidjon, Yoʻldashev, Shohruh
Annotaciya
Mazkur maqolada Markaziy Osiyoda tarqalgan Eremias scripta (Strauch, 1867) populyatsiyalarining morfologik variatsiyasi va ekologik xususiyatlari mavjud ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda turga oid tarixiy taksonomik tavsiflar, regional faunistik ma’lumotlar, morfometrik kuzatuvlar, ekologik nisha xususiyatlari hamda Farg‘ona vodiysi populyatsiyalarining muhofaza holati umumlashtirildi. Tahlillar E. scripta populyatsiyalaridagi morfologik farqlar geografik ajralish, qumli biotoplarning fragmentatsiyasi va lokal ekologik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Tur psammofil kaltakesak sifatida bo‘sh qumlar, barxanlar va siyrak o‘simlikli yashash muhitlariga moslashgan. Olingan xulosalar E. scripta populyatsiyalarini morfologik, ekologik va molekulyar yondashuvlar asosida kompleks o‘rganish zarurligini asoslaydi.
Eremias scriptaEremias scripta pherganensisEremias scripta lasdiniLacertidaemorfologik variatsiyapsammofil ekologiyaFarg‘ona vodiysiMarkaziy OsiyoEremias scriptaEremias scripta pherganensis
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.