«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 4-son (2026)
TURMUSH OG‘ODAN TO‘KAL XONIMGACHA: AMIR TEMUR NIKOH SIYOSATINING QIYOSIY-TAHLILIY TALQINI
Dilfuza, Madraximova
Annotatsiya
Maqolada buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning olib borgan nikoh siyosati, sulolaviy-siyosiy ittifoqlari hamda ularning davlat boshqaruv tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda sohibqironning Turmush og‘o, O‘ljoy Turkon og‘o, Saroy Mulk xonim, Dilshod og‘o, Tuman og‘o va Tukal xonim kabi malikalar bilan bog‘langan rishtalari shunchaki shaxsiy munosabat emas, balki markaziy hokimiyatni mustahkamlashga qaratilgan uzoq muddatli davlat siyosatining tarkibiy qismi sifatida tadqiq etilgan. Tarixiy manbalar tahlili asosida, mazkur nikoh ittifoqlarining qabilalararo nizolarni bartaraf etish, oliy hokimiyatning sulolaviy legitimligini mustahkamlash hamda mamlakatning hududiy yaxlitligini ta’minlashdagi strategik o‘rni va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
tuzuknikohendogamiyaleviratotrokuzenkross-kuzenxonimog‘oshajarasulola
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.