«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 3 (2026)
QUVASOY SHAHRINING TASHKIL TOPISHIDA SANOATNING O‘RNI
Karimov, Sarvar
Аннотация
Mazkur maqolada Quvasoy shahrining shakllanishida sanoatning hal qiluvchi o‘rni tarixiy-iqtisodiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi Quvasoyning industrial markazga aylanish jarayonida mahalliy tabiiy resurslar, transport va energetika infratuzilmasi hamda Sovet sanoatlashtirish siyosatining taʼsirini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, xronologik, iqtisodiy-geografik hamda kontent-tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalarga ko‘ra, sement, shifer, kimyo va energetika korxonalarining barpo etilishi shahar industrial markazga aylanishining asosiy omili bo‘lgan. Sanoat rivoji demografik o‘sish va urbanizatsiya jarayonlarini tezlashtirgan, shuningdek, ijtimoiy va infratuzilmaviy tizimlarning shakllanishiga turtki bergan. Xulosa qilib aytganda, Quvasoy Farg‘ona vodiysidagi yirik industrial shahar sifatida Sovet davri sanoat siyosati va mahalliy resurslar uyg‘unligi asosida shakllangan.
Quvasoysanoat markaziindustrializatsiyaqurilish materiallaridemografik o‘sishSovet hokimiyatitransport va energetika infratuzilmasiijtimoiy infratuzilma.Quvasoyindustrial center
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.