«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-нөмір (2026)
KIMYO KURSIDA MISNING VALENT HOLATLARINI TUSHUNTIRISHDAGI METODIK QIYINCHILIKLAR
Eshchanov, Ruzimboy, Rakhimov, Tokhir
Аңдатпа
Maqolada kimyo kursida misning valent holatlarini, xususan Cu(I) va Cu(II) birikmalari misolida tushuntirishda yuzaga keladigan metodik qiyinchiliklar tahlil qilingan. Valentlikni juftlanmagan elektronlar soni bilan bog‘lovchi an’anaviy yondashuvning didaktik afzalliklari hamda uning o‘tish metallariga nisbatan qo‘llanilishidagi cheklanishlari ko‘rsatib berilgan. Cu, Cu⁺ va Cu²⁺ ionlarining elektron konfiguratsiyalari tahlili asosida valentlik, oksidlanish darajasi, formal zaryad va elektron konfiguratsiya tushunchalarini o‘zaro farqlash zarurligi asoslangan. Cu⁺ ioni juftlanmagan elektronlarga ega bo‘lmasa-da barqaror birikmalar hosil qilishi, Cu²⁺ ionining xossalari esa faqat bitta juftlanmagan elektron mavjudligi bilan izohlanmasligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, Klechkovskiy–Madelung qoidasining didaktik ahamiyati va qo‘llanish chegaralari yoritilib, orbitallarning to‘lish tartibi bilan ionlanishda elektronlarning ajralib chiqish tartibi o‘rtasidagi farq ochib berilgan. Tadqiqot natijasida d-elementlar kimyosini o‘qitishda klassik modellardan voz kechmasdan, ularning qo‘llanish chegaralarini bosqichma-bosqich ochib beruvchi metodik yondashuv taklif etilgan. Taklif etilgan ketma-ketlik maktab va oliy ta’lim kimyo kurslari o‘rtasidagi uzviylikni saqlashga xizmat qiladi.
valentlikoksidlanish darajasimisCu⁺Cu²⁺elektron konfiguratsiyaKlechkovskiy–Madelung qoidasio‘tish metallarikimyoviy bog‘lanishkimyo o‘qitish metodikasi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.