«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-нөмір (2026)
MULOQOTDA MODALLIK IFODALANISHINING YOSHGA XOS XUSUSIYATLARI (O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA LINGVOKULTUROLOGIK TAHLIL)
Muminov, Sidikjon, Sirojidinova, Dilrabo
Аңдатпа
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida muloqot jarayonida modallikning yosh omili bilan bog‘liq ifodalanish xususiyatlari qiyosiy-pragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda bolalar, o‘smirlar va yoshlar, kattalar hamda keksa avlod vakillari nutqida modal birliklarning tanlanishi, ularning kommunikativ vazifasi, semantik-pragmatik yuklamasi va madaniy shartlanganligi ko‘rib chiqiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, bolalar nutqida modallik ko‘proq sodda, bevosita va ehtiyojga yo‘naltirilgan shakllar orqali namoyon bo‘ladi; yosh ulg‘aygan sari esa epistemik, deontik va baholovchi modallik vositalari murakkablashib, bilvosita, ehtiyotkor hamda xushmuomalalik strategiyalariga mos ifodalar ustunlik qiladi. O‘zbek tilida yoshga xos modallik ko‘pincha ijtimoiy ierarxiya, hurmat va masofa tamoyillari bilan, ingliz tilida esa shaxsiy hududni saqlash, pragmatik muloyimlik va tenglik tamoyillari bilan bog‘liq holda voqelanadi. Maqola qiyosiy tilshunoslik, pragmalingvistika, sotsiolingvistika va madaniyatlararo muloqot tadqiqotlari uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.
modallikyosh omilimuloqot xulqiepistemik modallikdeontik modallikbaholovchi modallikbolalar nutqio‘smirlar nutqikeksa avlod nutqipragmalingvistika
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.