«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-сан (2026)
G’AZNAVIYLAR DAVRIDA MAXFIY XIZMAT TIZIMI
Abdualimova, Durdona
Аннотация
Ushbu tadqiqotning maqsadi G‘aznaviylar sulolasi davrida (X–XI asrlar) maxfiy xizmat va razvedka tizimining tuzilishi, funksiyalari hamda amaliy faoliyatini Tarixi Bayhaqiy asari asosida o‘rganishdir. Tadqiqotda tarixiy-manziliy tahlil va manbashunoslik usullari qo‘llanilgan. Asosiy manba sifatida Abu’l-Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Bayhaqiy” asari, Muhammad Nazim va boshqa ilmiy tadqiqotlar jalb etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, G‘aznaviylar davrida maxfiy xizmat yagona idora emas, balki Devoni Barid, Devoni Shug‘li Eshraf, mushriflar tarmog‘i va maxfiy xabarchilar orqali amalga oshirilgan murakkab tizim bo‘lgan. Bu tizim saroy ichki nazorati, harbiy qo‘mondonlar faoliyatini kuzatish va viloyatlar hamda chegaralardagi siyosiy vaziyatni monitoring qilishning uch asosiy yo‘nalishini qamrab olgan. Axborotni shifrlash, ikki bosqichli yetkazish va yashirin kuzatuv mexanizmlari orqali markaziy hokimiyat hududiy boshqaruv va ichki barqarorlikni ta’minlagan. Xulosa qilib aytganda, G‘aznaviylar maxfiy xizmat tizimi nafaqat jazolash vositasi, balki davlat boshqaruvining strategik tahlil, siyosiy qarorlar qabul qilish va ichki inqirozlarni oldini olishda muhim mexanizmi sifatida shakllangan. Ushbu tizim o‘rta asrlar Turon siyosiy tuzilmalarida razvedka va maxfiy nazoratning nisbatan mukammal namunasi hisoblanadi.
G‘aznaviylar sulolasimaxfiy xizmat tizimirazvedkaDevoni BaridmushriflarTarixi Bayhaqiichki nazorat.Ghaznavid dynastysecret serviceintelligence system
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.