«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 3 (2026)
INGLIZ, O‘ZBEK VA RUS TILLARIDA SIFATLAR BIRIKUVCHANLIGI VA ETNOMADANIY STEREOTIPLARNING AKS ETISHI
Ochilova, Nisobegim
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz, o‘zbek va rus tillarida sifatlarning birikuvchanligi hamda ularning qo‘llanishida etnomadaniy stereotiplarning aks etishi masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi — sifat va ot birikmalarining barqaror modellari aniqlanib, ularning lingvomadaniy belgi sifatidagi funksiyasini ochib berishdir. Ishda qiyosiy-tipologik tahlil, konseptual tahlil hamda kontekstual kuzatuv metodlari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sifatlarning birikuvchanligi faqat grammatik qonuniyatlar bilan belgilanmaydi, balki milliy tafakkur, baholash mezonlari va madaniy qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Barqaror birikmalar muayyan xalqning stereotip tasavvurlari, ijtimoiy baholash mezonlari va konseptual modellarini aks ettiradi. Xulosa qilib aytganda, sifatlarning birikuvchanligi milliy mentalitetning til orqali namoyon bo‘lish shakli sifatida talqin qilinishi mumkin. Ushbu hodisa til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tasdiqlaydi hamda lingvomadaniy tadqiqotlar uchun muhim nazariy asos yaratadi.
sifat birikuvchanligi; etnomadaniy stereotip; milliy manzara; lingvomadaniyat; qiyosiy tipologiya; konseptual tahlil; baholash semantikasi; barqaror birikma; milliy mentalitet.adjective collocability; ethnocultural stereotype; linguistic worldview; national mentality; conceptual analysis; comparative typology; evaluative semantics; collocation patterns; linguocultural markers.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.