«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 2 (2026)
OʻZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARI CATOCALINI (LEPIDOPTERA: EREBIDAE) TRIBASI TUR TARKIBI
Yavkachev, Davronbek
Abstract
Oʻzbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan Catocalini tribasi tangachaqanotlilari faunasi, biologiyasi va ekologiyasini hamda tarqalishini oʻrganish 2016 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan muddatda Qashqadaryo vohasining 14 manzilida amalga oshirildi. Tadqiqotlar davomida umume’tirof etilgan entomologik, morfologik va molekulyar-biologik uslublardan foydalanildi. Ilmiy izlanishlar natijasida Qashqadaryo vohasida Catocalini tribasining 1 ta kenja triba va 1 ta avlodiga mansub 24 ta turi aniqlandi. Mazkur tangachaqanotlilardan Catocala elocata turining son jihatdan ko‘p uchrashi ma’lum bo‘ldi, 5 turning (Catocala electa, C.hymenaea, C.nymphaea, C.juncta, C.afghana) Oʻzbekiston entomofaunasi uchun ilk bor qayd etildi, 3 ta tur (Catocala timur, C.sponsa, C. afghana) ning kamyob va muhofazaga muhtoj ekanligi e’tirof etildi. Qayd qilingan turlar monovoltin hasharotlar bo’lib, ozuqa o‘simligiga ixtisoslashishiga ko‘ra oligofag (17 tur), polifag (3 tur) va monofag (3 tur) kabi 3 guruhga ajratildi. Catocala hariti turi lichinkasining ozuqa o‘simligi aniqlanmadi.
LepidopteraNoctuidaeErebidaeCatocaliniCatocalatribalichinkatuxummonovoltinoligofag
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.