«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-нөмір (2026)
NEMIS ARABSHUNOSLIGI RIVOJI HAMDA MARKAZIY OSIYO ALLOMALARI ILMIY MEROSINI O‘RGANISHDA IOGANN HOTTINGER TADQIQOTLARINING O‘RNI
Xoldarov, Akmaljon
Аңдатпа
Mazkur maqolada XVII asr Yevropa, xususan, nemis tilidagi protestant akademik muhitida arabshunoslikning rivojlanishida Iogann Hottinger tadqiqotlarining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda I.Hottingerning Haydelberg va Syurix ilmiy markazlari bilan bog‘liq faoliyati, arab, ibroniy, suryoniy va oramiy tillarini qiyosiy o‘rganishga asoslangan filologik yondashuvi, shuningdek, “Historia orientalis” (“Sharq tarixi”), “Smegma orientale” (“Sharqiy poklovchi risola”), “Grammatica quatuor linguarum” (“To‘rt til grammatikasi”) va “Promtuarium sive Bibliotheca Orientalis” (“Qo‘llanma yoki Sharq kutubxonasi”) asarlarining ilmiy ahamiyati ochib berilgan. Maqolada I.Hottingerning Markaziy Osiyo allomalari merosiga munosabati bevosita mintaqaviy tarix doirasida emas, balki arab-islom ilmiy merosini bibliografik, filologik va tarixiy tasniflash doirasida namoyon bo‘lgani asoslangan. Xususan, Abu Nasr al-Forobiy va Ibn Sino kabi allomalar va musulmon Sharqi ilmiy adabiyotlari haqidagi qaydlar uning asarlarida Yevropa arabshunosligi uchun dastlabki bibliografik yo‘nalish vazifasini bajargani ko‘rsatildi.
Iogann Hottingernemis arabshunosligiHaydelbergSyurixarab-islom merosiMarkaziy Osiyo allomalarial-ForobiyIbn Sinosharqshunoslikbibliografiya
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.