«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 3-нөмір (2026)
FAN TARIXINI O‘RGANISHDA JORJ SARTON METODOLOGIYASI: TARIXSHUNOSLIK VA QIYOSIY TAHLIL
Abdurahimov, Javlonbek
Аңдатпа
Mazkur maqolada zamonaviy fan tarixshunosligining shakllanishida Jorj Sarton ilgari surgan metodologik tamoyillar tarixshunoslik va qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda J.Sartonning fan tarixini mustaqil akademik soha sifatida asoslashga qaratilgan faoliyati, “yangi gumanizm” konsepsiyasi, fan taraqqiyotini kumulyativ va universal jarayon sifatida talqin etishi, ensiklopedik-bibliografik uslubi, xronologik-sinxron yondashuvi hamda vertikal va gorizontal ixtisoslashuv haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Sarton metodologiyasi P.Tanneryning filologik-matematik rekonstruksiyasi, P.Duhemning kontinuitet konsepsiyasi, A.Koyrening konseptual-internalistik yondashuvi, R.Mertonning sotsiologik modeli, J.Needhamning sivilizatsiyaviy-komparativ uslubi, T.Kuhnning paradigma nazariyasi va F.Sezginning manbashunoslik-bibliografik metodi bilan qiyoslanadi. Xulosada Sarton metodologiyasi fan tarixini jahon madaniyati tarixining markaziy komponenti sifatida o‘rganishga yo‘l ochgani, biroq zamonaviy mezonlar nuqtayi nazaridan u ijtimoiy-institutsional, epistemologik va mintaqaviy tahlillar bilan to‘ldirilishi zarurligi asoslangan.
Jorj Sartonfan tariximetodologiyatarixshunoslikyangi gumanizmkumulyativ taraqqiyotqiyosiy tahlilKoyreMertonKuhn
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.