«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 3-son (2026)
O‘ZBEKISTONNING TRANSCHEGARAVIY DARYO HAVZALARIDAGI TO‘G‘ONLI KO‘LLARNING GIDROLOGIK XAVFLILIGINI BAHOLASH VA MONITORING QILISH
Pirnazarov, Ravshan
Annotatsiya
Maqolada global iqlim isishi va muzliklarning jadal erishi sharoitida O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekistonga daxldor transchegaraviy daryo havzalaridagi to‘g‘onli va morena-muzlik ko‘llarining gidrologik xajmi, genetik tasnifi va o‘pirilish xavfi (GLOF) tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida 16 ta daryo havzasidagi 300 dan ortiq tog‘ ko‘llarining ma’lumotlari umumlashtirilib, ularning xavflilik darajasi integral baholash uslubiyoti asosida differensiallashtirilgan. Sentinel-2 va Landsat-9 sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari hamda dala tadqiqotlari asosida Piskom, Isfayramsoy, So‘x va Shohimardonsoy havzalaridagi ko‘llar dinamikasi (Shovurko‘l, Ixnoch, Tegirmoch ko‘llari guruhi) atroflicha o‘rganilgan. Farg‘ona viloyati aholi punktlari va infratuzilmasiga bevosita xavf soluvchi 23 ta eng beqaror ko‘lning xavflilik kategoriyalari aniqlangan. Maqola yakunida Alp va Himolay xalqaro tajribalariga tayangan holda, transchegaraviy havzalarda IoT datchiklariga asoslangan real vaqt rejimidagi kosmik monitoring tizimini joriy etish hamda muhandislik-drenaj choralarini ko‘rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
to‘g‘onli ko‘llarmorena-muzlik ko‘llariiqlim isishio‘pirilish xavfi (GLOF)IsfayramsoyPiskommasofadan zondlashkosmik monitoringintegrallashgan baholash.dammed lakes
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.